Kontent qismiga oʻtish

Joʻra Hasanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andijon viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi
Mansab davri
1974-yil – 1987-yil
Oʻtmishdoshi Ergash Ashurov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1927-yil 13-dekabr
Andijon viloyati
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Joʻra Hasaanov — Sovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1927-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan. 1948-yildan KPSS aʼzosi.

1945-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1945-1987-yillarda maktabda oʻqituvchi, tashviqot boʻlimi mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Izboskan tuman qoʻmitasi tashkiliy boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Kompartiyasi Moskva tuman qoʻmitasi ikkinchi kotibi, oʻqituvchi, Izboskan oʻrta maktabi oʻquv boʻlimi mudiri, Andijon viloyat partiya qoʻmitasi tashkiliy-partiya ishlari boʻlimi instruktori, Oʻzbekiston Kompartiyasi Xoʻjaobod tuman qoʻmitasining ikkinchi, birinchi kotibi, Andijon viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.

Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi 8, 9, 10 va 11-chaqiriqlar deputati etib saylangan.

KPSS XXV, XXVI va XXVII qurultoylari delegati.

Hozirda Xasanov Joʻra Xasanovich turmush oʻrtogʻi Xasanova Raisa Mansurovna (1931-yilda tugʻilgan) bilan Andijon (Oʻzbekiston) shahrida istiqomat qilmoqda. 5 qizi, 12 nevarasi va 20 evarasi bor.

  1. „Shon-sharaf belgisi“ — 1971-yil
  2. „Lenin“ — 1973-yil
  3. „Oktabr inqilobi“ — 1976-yil
  4. „Mehnat Qizil Bayrogʻi“ — 1981-yil

Medallar:

  1. „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi jasoratli mehnati uchun“ — 1946-yil
  2. „V. I. Lenin tavalludining 100 yilligini nishonlashdagi jasoratli mehnati uchun“ — 1970-yil
  3. „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning oʻttiz yilligi“ — 1975-yil
  4. „1941—1945-yillardagi Ulugʻ Vatan urushidagi gʻalabaning qirq yilligi“ — 1985-yil
  5. „Georgiy Dmitrov tavalludining 100 yilligi“ — 1985-yil (Bolgariya Xalq Respublikasi)
  6. „Sotsialistik Bolgariyaga 40 yil“ — 1984-yil

SSSR VDNX medallari:

  1. Bronza — 1972-yil
  2. Oltin — 1974-yil
  3. Oltin — 1976-yil
  4. Oltin — 1979-yil
  5. Oltin — 1981-yil
  6. Oltin — 1982-yil

Faxriy diplomlar:

  1. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi — 1977-y
  2. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi va Respublika Vazirlar Soveti — 1974-y.
  3. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi va Respublika Vazirlar Soveti — 1977-y.
  4. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi va Respublika Vazirlar Soveti — 1984-y.
  5. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Prezidiumi — 1987-y